Ру O`z En

Yangiliklar

Barchangizning xabaringiz bor, Davlatimiz Rahbarining mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish haqidagi qaroriga muvofiq korxonamiz miqyosida bayram shodiyonasi o‘tkazilmoqda.

     Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan sanaga, O‘zbekiston davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ldi.

    

     Bayram shukuhi har bir tashkilot, har bir honodonda kezib yuribdi. “Ammofos-Maksam” AJda ham bayram shukuhi avjida.  Korxona hisobidan jamoa shartnomasiga muvofiq korxonada ishlovchi xodimlariga mukofot pullari berildi.

    

    Bayram munosabati bilan korxonada ko‘p yillardan buyon ishlab chiqarishda yuqori ko‘rsatgichlarga erishayotgan va samarali mehnat qilib kelayotgan 10 nafar xodimlarga “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

    

      Tadbirlar jarayonida katta osh-qozonda bayram oshi damlanib xodimlarga ulashildi.


    

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech