Ру O`z En

Yangiliklar

Davra suhbati o‘tkazildi.

2023-yil 5-dekabr kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tashabbusi asosida Olmaliq shahar prokuraturasi va Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil

16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-sonli Farmoyishini ijrosi xamda “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan ochiq davra suxbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jamiyatning Boshqaruv a’zolari, bosh mutahassislar, sex boshliqlari, kasaba yushmalari a’zolari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar va boshqa xodimlar katnashdi.

 Yig‘ilish davomida Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi M.Ashurova xamda Olmaliq shahar prokurori A.Qo‘ldoshev tomonidan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Shuningdek, Olmaliq shahar prokurori A.Qo‘ldoshev va prokuraturaning katta tergovchisi A.Allanovlar tomonidan “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildilar. Bunda, A. Qo‘ldoshev prokuratura idoralari tomonidan olib borilayotgan ishlar, korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olish borasida fuqarolarning o‘rni haqida alohida to‘htalib, korrupsiyaga qarshi kurashishda befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilariga “Nafs iskanjasida” nomli qisqa metrajli videorolik namoish qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech