Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJning vakolatli omborlari monitoring qilinmoqda

Jamiyatning Komplayens xizmati tomonidan xududlarda tashkil etilgan vakolatli omborlarda jamiyatga tegishli bo‘lgan maxsulotlarni saqlash va xaridorlarga sifatli mineral o‘g‘itlarni etkazib berilishini tayminlash yuzasidan ishlarni tashkil etilishi borasidagi faoliyat doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Andijon saxovati” MChJga qarashli vakolatli omborga jamiyatning mahsulotlarini joylashtirilishi, qabul qilinishi,, saqlanishi va xaridorlarga etkazib berilish holatlari organildi. Organish jarayonida vakolatli ombor xodimlari bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazilib, ularga huquqbuzarliklarni sodir etishga, shu jumladan, korruptsiya va boshqa firibgarlik harakatlariga moyil bo‘lgan shaxslar bilan mehnat munosabatlariga kirish xavfini minimallashtirish, Jamiyatda qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, vakolatli ombor xodimlariga noqonuniy daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z xizmat vazifasini suiste’mol qilish, ularga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish korrupsion holatga sabab bolishi, bunday xatti-xarakatlar uchun javobgarlik mavjudligi va jazoning muqarrarligi prinsiplari, hamda korruptsiyaga oid xuquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu xaqda Jamiyatning komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko‘rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirildi.

Suhbat jarayonida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga keng, atroflicha tushuntirishlar va izohlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech