“Ammofos-Maxam” AJ EFK-3 sexida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim yig‘ilish o‘tkazildi

Unda jamiyat xodimlari orasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularni kamaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida xodimlarning xizmat majburiyatlari va javobgarligi, axborot almashish mexanizmlari hamda korrupsiya holatlari haqida xabar berish tartibi atroflicha muhokama qilindi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech