“Ammofos-Maxam” AJ jamoasi Navro‘z umumxalq saylida faol ishtirok etdi

Bugun Olmaliq shahrida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan umumxalq saylida “Ammofos-Maxam” AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari, an’anaviy milliy taomlar ko‘rgazmasi hamda rang-barang madaniy-ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech