"Ammofos-Maxam" AJda davra suhbati o'tkazildi
2022-yil 17-avgust kuni "Ammofos-Maxam" AJ katta majlislar zalida jamiyatning komplayens xizmati tashabbusi asosida "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" g'oyasi ostida "Konstitusiyaga kiritilayotgan o'zgarishlarda inson qadri" va "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan siyosat" mavzularida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida Olmaliq shahar Adliya bo'limi xodimlari - Matluba Ashurova va Anvar Anorboyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi rahbari Sayyora Yakupbekova hamda "Olmaliq hayoti" gazetasi bosh muharriri Dilfuza Ro'ziyeva ishtirok etdi.
Ma'ruzachilar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tushuntirish va izohlar berilib, yig'ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Mazkur jarayonni keng yoritish maqsadida Olmaliq shahar ommaviy axborot vositalari vakillari (televideniye va matbuot) taklif qilinib, video va foto tasvirga olinib, jarayon to'g'ridan-to'g'ri Olmaliq shahar hokimligining telegramm kanali orqali keng jamoatchilikka yoritib borildi.