“Ammofos-Maxam” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlarida shaffoflik masalalari muhokama qilindi

“Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi Oʻ.Yuldashev rahbarligida “Ammofos-Maxam” AJda masʼul boshqarma va boʻlimlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida urgʻu berilgani, shuningdek, davlat xaridlari tizimida shaffoflik va raqobatni taʼminlashga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlarini isloh qilish va raqamlashtirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsiya xavflarini kamaytirishga xizmat qiladi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech