“Ammofos-Maxam” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlarida shaffoflik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 30-yanvar kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi Oʻ.Yuldashev rahbarligida “Ammofos-Maxam” AJda masʼul boshqarma va boʻlimlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida urgʻu berilgani, shuningdek, davlat xaridlari tizimida shaffoflik va raqobatni taʼminlashga qaratilgan PF-259 va PF-270-sonli Farmonlarda belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlarini isloh qilish va raqamlashtirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsiya xavflarini kamaytirishga xizmat qiladi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati