“Ammofos-Maxam” AJda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori 4-ilovasiga muvofiq  “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil faoliyatini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda korxonaning barcha sex va bo‘limlaridan saylangan mehnatni muhofaza qilish vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:

— sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
— belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
— reja ijrosini har chorakda kamida bir marotaba ko‘rib chiqish.

Mazkur reja xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi

“Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech