“Ammofos-Maxam” AJda Navro‘z sayli o‘tkazildi
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Qadriyating boqiy boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Tadbir doirasida sex va bo‘linmalar tomonidan yurtimiz viloyatlarining tarixi, milliy qadriyatlari va an’anaviy taomlari namoyish etildi.
Sayl davomida har bir jamoa o‘z viloyatini eng yorqin va mazmunli tarzda taqdim etishga intildi. Ishtirokchilarning ijodkorligi, bayramona kayfiyat va xalqona udumlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – ITKTL (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
2-o‘rin – Kapital qurilish boshqarmasi (Namangan viloyati)
3-o‘rin – EFK-3 sexi (Andijon viloyati)
G'oliblar Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati