“Ammofos-Maxam” AJda yosh mutaxassislar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi o‘tkazildi
Tanlov davomida ishtirokchilar “Mening g‘oyam” mavzusida o‘z innovatsion loyiha va takliflarini taqdim etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan loyihalar baholanib, munosib nomzodga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.
Mazkur tanlov yoshlarning tashabbuskorligi va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati