“Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki” mavzusida seminar bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayram munosabati bilan korxonada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida “Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda korxonada faoliyat yuritayotgan 100 nafar xotin-qiz ishtirok etdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Ug‘iloy Urazova, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova, malakali psixolog Shoira Xakimova ishtirok etdi.
Seminarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni rivojlantirish, rahbarlikka salohiyatli ayollarni tayyorlash hamda “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida farzand tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati