Davlat gerbi – milliy g‘urur va davlatimiz timsoli

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJning Ammofos-2 sexi ishchi-xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida Davlat gerbining yaratilish tarixi, unda mujassam etilgan ramzlarning mazmun-mohiyati hamda milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida korxona rahbariyati ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda “Kitob sovg‘a” aksiyasi o‘tkazilib, rahbarlar tavsiya etgan asarlar yoshlarga taqdim etildi hamda audiokitoblardan bepul foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech