Ру O`z En

Yangiliklar

Davra suhbati o‘tkazildi

2024-yil 13-fevral kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati va Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi tashabbusi asosida, Olmaliq shahar Xokimligi Din masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi Olmaliq shaxar FXDYO bo’limi boshlig’i, Olmaliq shahar Ramazoniy-Sharif majidi imom-noyibi, Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida, hamda tadbir davomida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” ma’naviyat yuksak, harqanday yot g’oyalarga chap bera oladigan, o’zining mustahkam etiqodi va milliy qadiryatlarini mystahkam e’tiqodiy va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, unday og’ishmay yashaydigan xalqni hechqanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurashmoq darkorligi mavzusidagi targ’ibot tadbiri o’tqazildi.

Yig‘ilishda jamiyatning Boshqaruv a’zolari, bosh mutahassislar, sex boshliqlari, kasaba uyushmalari a’zolari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, jamiyat yoshlari va boshqa xodimlar katnashdi.

Yig‘ilish davomida Olmaliq shahar Xokimligi Din masalalari  bo’yicha bosh mutaxassisi J.Pardayev, Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi M.Ashurova, Olmaliq shahar FXDYO bo’limi boshlig’i M.Axmedova, Olmaliq shahar Ramazoniy-Sharif majidi imom-noyibi Y.Ergashev, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini”  mavzusida ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiyaning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan “Nafs iskanjasida” nomli qisqa metrajli videorolik namoish qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech