Debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

“Ammofos-Maxam” AJda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha komissiyaning 2026-yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Boshqaruv raisining moliya va iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari, Yuridik bo‘lim boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i, Bosh hisobchi hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidan jamiyatdagi debitor va kreditor qarzdorliklarning joriy holati, muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish, ularni qisqartirish hamda kelgusida qarzdorliklar ortishining oldini olish masalalari o‘rin oldi.

Muhokamalar yakunida qarzdorliklarni kamaytirish, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash va korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech