“Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida jamiyatda profilaktik targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda

Respublikamiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida “Ammofos-Maxam” AJ obyektlarida profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida Favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi xodimlari tomonidan korxona ishchi-xizmatchilariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yong‘in-qutqaruv texnikalari hamda ularda mavjud maxsus vositalar haqida ma’lumotlar taqdim etilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech