EFK-3 sexida bayram tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ sexlarida bayram tadbirlari davom etmoqda.

EFK-3 sexida Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Eng chiroyli bayram dasturxoni” tanlovi tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimizning mustaqillik yillari davomida erishgan ulkan yutuqlari, xalqimizning tinch va farovon hayoti, Vatanimizning bugungi taraqqiyoti hamda porloq kelajagi haqida so‘z yuritildi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan bayram dasturxonlari milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz asosida bezatilib, turli milliy taomlar, shirinliklar hamda noz-ne’matlar namoyish etildi.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech