Hurmatli kimyo sanoati xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni kasb bayramingiz — Kimyogarlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutuvchi strategik tarmoqlardan biridir. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan fidoyi va malakali mutaxassislarning mehnati tufayli yurtimizda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari kengayib, sanoat salohiyati yuksalib bormoqda.
“Ammofos-Maxam” AJda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda fidokorona mehnati korxonaning barqaror rivojlanishi va yangi marralarni zabt etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasb bayrami munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kimyogarlar kuni muborak bo‘lsin!