Hurmatli konchilik va metallurgiya sanoati sohasining fidoyi vakillari!

Sizlarni kasb bayramingiz — O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Bugungi kunda mamlakatimiz sanoat salohiyatining yuksalishida, iqtisodiy taraqqiyot va barqaror kelajakning mustahkam poydevorini yaratishda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz beqiyos o‘rin tutmoqda.

Fidokorona mehnatingiz, yuksak professionalligingiz va sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy osoyishtalik, mehnat faoliyatingizda yangi zafarlar va ulkan yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
“Ammofos-Maxam” AJ jamoasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech