“Ikki buyuk siymo: ma’naviyatimiz sarchashmalari”
Bugun “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbir davomida buyuk allomalarimiz ijodidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalar madh etilib, ruboiy, g‘azal va to‘rtliklar ijro etildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga haqiqiy ma’naviy zavq ulashildi.
Bu kabi tadbirlar ajdodlarimiz merosini chuqur anglash va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati