Ilm, tajriba va fidokorlik uyg‘unligi
Mirsaidova Barnoxan Utkurovna 1979-yildan buyon “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mehnat faoliyatini korxonaning markaziy laboratoriyasidagi tadqiqot sektori laboranti sifatida boshlagan.
O‘tgan yillar davomida o‘zining professionalligi, mehnatsevarligi va mas’uliyatli yondashuvi bilan hamkasblar hurmatiga sazovor bo‘lgan Barnoxan Utkurovna hozirda “Ammofos-Maxam” AJning Malakani baholash markazi mutaxassisi lavozimida mehnat qilmoqda.
Uning uzoq yillik tajribasi, puxta bilim va amaliy ko‘nikmalari korxona taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
May oyining oxirgi yakshanbasi – Kimyogarlar kuni
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati