Ishchi-xodimlar hamisha e'tiborda
“Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 11-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bag‘ishlab, “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirgan holda mehmon sifatida korxonada ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib, mehnati singgan, bugungi kunda ''Shukrona'' kunlari 50-60 yoshini nishonlayotgan faxriylardan, Ta'mirlash qurilish montaj sexi chilangari Zaxidov Sahobiddin Shavkatovich, EFK-3 sexi filtr apparatchisi Sharipov O'tkir Nishonboyevich, Ta'mirlash mexanika sexi uchaska boshlig‘i Yo‘ldoshxonov Inomjon Ilhomovichlarga bayram munosabati bilan qimmatbaho esdalik sovg‘alari berildi. Ular orasida Musayev Rahmatilla korxonada 30 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat olib borgan bo'lib, davra suhbati davomida u o‘zining ko‘p yillik tajribasi, ko‘nikma hamda malakasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, korxonada fidokorana mehnati bilan jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan insonlardan Ergashev Jo‘rabek Omonovich, Mamatov Mahsudali Turdaliyevichlar kasaba uyushma faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shgani uchun bayram bilan tabriklash maqsadida taklif etildi. Ularga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari berilib, iliq tilaklar bildirildi.