Ру O`z En

Yangiliklar

Iste’dodlar kashf etilmoqda

“Ammofos-Maxam” AJning “21- oktabr O‘zbek tili bayramini o‘tkazish chora-tadbirlar rejasi” doirasida korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida davlat tili mavqeini yana-da oshirish, uning rivojlanishiga ko‘proq sharoit yaratish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 10-oktabr kuni jamiyat ishchi-xodimlari ishtirokida “Eng yaxshi ijodiy ishlar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etilib, qatnashchilar rasm chizish, she’r va maqola yozish bo‘yicha o‘z ijodiy ishlarini taqdim etishdi. Betakror rasm va she’rlar hakamlar hay’ati a’zolari hamda qatnashchi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tanlovda Kapital qurilish boshqarmasi, Ta’mirlash, qurilish-montaj sexi hamda Xo‘jalik sexidan qatnashgan vakillarning ijodiy ishlari eng yaxshi, deb topildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech