Jamiyat xodimlari Buxoroda safarda boʻlishdi
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatining 50 nafar ishchi-xodimlari Jamiyat kasaba uyushma qoʻmitasi hamkorligi asosida Buxoroda safarda boʻlib qaytishdi.
Xodimlar muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, madrasalarda boʻlishib, “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyatidan minnatdorligini bildirishdi.
“Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati