Jamiyatda navbatdagi davra suhbati o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, shuningdek, davlatning diniy sohadagi siyosatining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor Matluba Qahhorova, qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, dotsent Iroda Ahmedova hamda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova ishtirok etdilar.

Suhbat davomida mamlakatimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy bag‘rikenglik va davlat-din munosabatlarining huquqiy asoslari haqida fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar hamda mavjud dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech