Jamiyatda navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati OFVB 41-QQ shaxsiy tarkibi hamda Olmaliq garnizoni qutqaruv qismlari va tarkibiy tuzilmalar hamkorligida navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot Olmaliq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat markazida o‘tkazilib, unda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish, hamkorlikni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati