Jamiyatda seminar o'tkazildi
“Ammofos-Maxam”AJ da joriy yilning 21-dekabr kuni Kimyo va Farmatsevtika Sanoati Kasaba Uyushmasi Respublika Kengashining mas‘ul xodimlaridan mehnat huquq inspektori Asliddin Xasanboyev, ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Nilufar Muzapparova, Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Shavkat Toirov, mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuxratilla Rixsiboyevlar ishtirokida “Xodimlarning, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning kasaba uyushmalari tomonidan mehnat huquqlari himoyasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.