Ру O`z En

Yangiliklar

Jamiyatda umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi

2023-yil 25-yanvar kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Jamiyatning ishlab chiqarish bo‘yicha tarmoq rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki-me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida profilaktik yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, Sovg‘alarni berish va olish, tadbirlarda ishtirok etish va tashkil etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va mehmondo‘stlik belgilari Siyosati, Ishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shu bilan bir qatorda, Komplayens xizmati jamiyatning barcha hodimlari bilan ochiq muloqotni har tomonlama qo'llab-quvvatlanishini, agar biron bir maslahat kerak bo'lsa tog‘ridan-to‘gri Komplayens xizmatiga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech