Kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan sport musobaqasi

“Ammofos-Maxam” AJning “Kimyogar” SMMida Kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan sex va bo‘limlarning erkak xodimlari hamda ularning farzandlari ishtirokida “Ota va bola” sport o‘yinlari musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ota va farzandlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin – Nurmatov Q. (HGQO)
2-o‘rin – Boymakov O‘. (EFK-2)
3-o‘rin – Akmalov Z. (TQMS)

G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech