“Kimyogarlar kuni” bayrami munosabati bilan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi

“Kimyogarlar kuni” bayrami munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida fidokorona mehnati, kasbiy mahorati hamda kimyo sanoati rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir qator soha vakillari “O‘zkimyosanoat” AJ faxriy yorliqlari, “Mehnat faxriysi” unvoni hamda korxona faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.



“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech