KIMYOGARLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli hamkasblar!
Sizni va aziz oilangizni “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kimyo sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlar sifatida jamiyatimiz hayotida munosib o‘ringa egasiz. Sizning zahmatli mehnatingiz, fidoyilikingiz va mas’uliyat bilan yondashuvingiz tufayli sanoatimiz rivojlanib, ilm-fan taraqqiy etmoqda.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ishlaringizda doimo zafar, yurt ravnaqiga qo‘shayotgan hissangizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!