“Kimyogarlar kuni” munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sportning mini futbol turi bo‘yicha turnir tashkil etildi

Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, ishtirokchilar sport mahorati hamda jamoaviy hamjihatlik namunalarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — IHQX jamoasi
2-o‘rin — EFK-2 sexi jamoasi
3-o‘rin — TMS jamoasi

Turnir g‘oliblari va sovrindorlari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech