Ру O`z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

   2024-yil 26-mart kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, jamiyatning Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

   Shuningdek suxbat jarayonida korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi ta’kidlanib, jamiyatning barcha xodimlari o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish lozimligi, bunday salbiy holat jamiyatni emirilishiga olib kelishi mumkinligini, shu sababdan barchani ongida «hallolik vaksinasi» tamoyilini shakllantirgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi, aks holda bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrar ekanligi tushuntirildi.

   Ma’ruzachilar tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech