Korxona hududida bannerlar o'rnatildi
1-sentyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlash borasida "Ammofos-Maxam" AJ hayotida ham bir qator ishlar qilinmoqda. Xususan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng ustuvor vazifalar xususida tayyorlangan bannerlar korxona hududlariga joylashtirildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurash haqidagi davlat tilida bayon qilingan bannerlar ham o'rnatildi.