Korxona xodimlari “VEMA SA” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘qitildi

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-iyuldagi “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1073-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zkimyosanoat” AJ va “VEMA SA” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan memorandum talablaridan kelib chiqib, 2025-yil 5-avgust kuni “Ammofos-Maxam” AJ hamda “VEMA SA” kompaniyasi o‘rtasida tegishli shartnoma imzolangan.

Mazkur shartnoma doirasida korxonada issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar monitoringi, hisoboti va verifikatsiyasi jarayonlarini ta’minlash maqsadida korxonaning 10 nafar xodimi “VEMA SA” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘qitildi.

2026-yil 8-yanvar kuni o‘quv jarayonlarida faol ishtirok etib, belgilangan tartibda test imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan korxona mutaxassislariga sertifikatlari topshirildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech