Ру O`z En

Yangiliklar

Korxonada umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” АJning “Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘linmasi” xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, jamiyatning Komplayens xizmati tomonidan 2023-yil 30-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining hamda Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida profilaktik yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida alohida qonunlar qabul qilingani, huquqiy asoslar yaratilgani, endi amaliy ishlarni kuchaytirilishi, sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon yaratadigan barcha bo‘shliqlarga barham berilishi haqida to‘xtalib o‘tilgani haqida umumiy tushuncha berildi.

Shu bilan bir qatorda Jamiyat Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgustdagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlar haqida batafsil ma’lumot berib, jamiyat ichki mehnat tartib-qoidalarini buzish va jamiyat tovar-moddiy boyliklarini talon-taroj qilish bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik hamda oldini olish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.  

Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech