Korxonaning shlamto‘plagichlar maydoni o‘rganildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari bo‘limi vakillari hamda korxonaning mas’ul xodimlari ishtirokida “Ammofos-Maxam” AJ korxonasining shlamto‘plagichlar maydoni o‘rganildi.

Mazkur tadbir tegishli qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi. O‘rganish davomida mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech