Madaniy san’at – bebaho ne’mat
“Ammofos-Maxam” AJ tomonidan korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda mehnat faxriylari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida ishtirok etdilar. Unda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandalari tomonidan milliy san’atimizning nodir namunalaridan iborat kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati