Madaniy san’at – bebaho ne’mat
15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ va “Ammofos-Maxam” AJ hamkorligida korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida o‘tkazilgan konsert dasturida mehmon bo‘lishdi. Marosimda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandalari – Nafisa Farmonova va Adolat Ismoilovaning boy repertuaridan namunalar taqdim etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati