Ру O`z En

Yangiliklar

Manfaatlar to‘qnashuvi yechim topmoqda

“Ammofos-Maxam” АJda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar tog‘risida”gi 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-sonli Qarori ijrosi ta’minlanmoqda.

Xususan, 2023-yil 31-yanvar kuni Odob-axloq masalalari bo‘yicha maxsus ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Jamiyatning Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati talablarini ijrosi bo‘yicha aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya tomonidan Jamiyat hamda uning xodimlari manfatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida asosiy prinsiplariga rioya qilgan holda tegishli qaror qabul qilinib, mavjud bo‘lgan haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq 3 ta va 1 ta potensial manfaatlar to‘qnashuvi o‘z yechimini topdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech