Ру O`z En

Yangiliklar

“Ammofos-Maxam” AJning maxsulotlari joylarga etkazilmoqda

Jamiyatning Komplayens xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va humoyasi agentligi mutahassisi T.M.Xashimov tomonidan respublika xududida tashkil etilgan jamiyatning vakolatli omborlari orqali fermerlarga yaratilgan qulayliklar va bu yo‘nalishda yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Xususan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida tashkil etilgan vakolatli omborlar tomonidan mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va qo‘yib yuborish tartibi, fermer xo‘jaliklariga yaratilgan qulayliklar o‘rganib chiqildi. Shuningdek, barcha hududlarga mineral o‘g‘itlarni etarli miqdorda etkazib berilishini ta’minlash borasida ishlarni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida O‘simliklar karantini va humoyasi agentligining hududiy boshqarmalari raxbarlari va xodimlari bilan mazkur masalalarda ishonchli suhbat o‘tkazilib, xududdagi mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab, ularni ishlatilishi va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan taklif va mulohazalari eshitildi.

Organish jarayonida vakolatli ombor xodimlari, fermer xo‘jaliklari bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazilib, ularga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qonun osti hujjatlari va Jamiyatda qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirilib, mazkur yo‘nalishda Jamiyatda tashkil etilgan aloqa kanallari tog‘risida ma’lumotlar etkazildi.

Shuningdek, vakolatli ombor xodimlariga noqonuniy daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z xizmat vazifasini suiste’mol qilish, ularga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish korrupsion holatga sabab bolishi, bunday xatti-xarakatlar uchun javobgarlik mavjudligi va jazoning muqarrarligi prinsiplari, hamda korruptsiyaga oid xuquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu xaqda Jamiyatning komplayens xizmatiga xabar berishi va buning uchun ularga har xil ko‘rinishdagi taziyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi tushuntirildi.

Suhbat jarayonida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga keng, atroflicha tushuntirishlar va izohlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech