Ру O`z En

Yangiliklar

Maxsus tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘magida “Sharqiy Yevro‘pa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini olish sohasida texnik yordam ko‘rsatish dasturi” doirasida ko‘chma tibbiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘zkimyosanoat” AJning tashabbusi asosida 2023-yil 13-oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  10ga  yaqin malakali shifokorlari “Ammofos-Maxam” AJ hududida kasalliklarni erta skriningdan o‘tkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Korxonaning 100ga yaqin ishchi-xodimlari tibbiy tekshiruvda ishtirok etdilar va o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech