Mehnat jamoasi konferensiyasi

Joriy yilning 13-mart kuni “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida jamoa shartnomasining 2025-yilda ikki tomonlama majburiyatlarining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada rayosat a’zolari ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Maxmadaliyev Baxtiyor Xasanovich hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna ishtirok etdi.

Tadbir davomida 2025-yilda jamoa shartnomasi doirasida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, mehnat jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda korxonada samarali mehnat muhitini ta’minlash borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida “Ammofos-Maxam” AJning 2026–2028-yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi ma’qullandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech