Mehnat xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

Korxona Ishlab chiqarish direktori B. Sodiqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Berdiqulov boshchiligida seminar yig‘ilishi tashkil etildi. Unda 2026-yil 13-yanvar kuni korxonaning Kapital qurilish boshqarmasi (ta’mirlash-qurilish uchastkasi) bo‘yoqchi-quruvchisi Z. Almanov bilan yuz bergan og‘ir baxtsiz hodisa tafsilotlari va uning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida korxonada ta’mirlash hamda xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishda nazoratni kuchaytirish, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Seminar sex, bo‘lim va bo‘linma boshliqlari hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq muhandis-texnik xodimlar ishtirokida o‘tkazildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech