“Mening ko‘ngillilik hikoyam” tanlovi

Bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida yoshlarning shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar reja-grafigi asosida “Mening ko‘ngillilik hikoyam” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining ko‘ngillilik faoliyati bilan bog‘liq hayotiy tajribalari, ezgu tashabbuslari va ijtimoiy faollikka oid hikoyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Eng ta’sirchan va mazmunli hikoyalar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Ko‘ngillilik — kelajak sari qadam” mavzusida volontyor yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda ko‘ngillilik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech