Milliy liboslar – millat faxri!
Har juma kuni milliy liboslarimizning go‘zalligini namoyon etish va madaniyatimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy liboslar kuni” e’lon qilindi. Ushbu tashabbus milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
“Ammofos-Maxam” AJ jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, milliy liboslarimizni kiyish va qadrlash an’anasini davom ettirmoqda. Zero, milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning boy tarixi va bebaho merosining yorqin timsolidir!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati