Milliy liboslar – millat faxri!
O‘zbek milliy liboslari bizning qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizning ifodasidir. Har juma kuni milliy liboslar go‘zalligini namoyon etish va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish maqsadida “Milliy liboslar kuni” e’lon qilindi.
“Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, milliy liboslarimizni kiyish an’anasini davom ettirmoqda. Chunki milliy libos – bu nafaqat go‘zal kiyim-kechak, balki xalqimizning bebaho merosi, urf-odatlari va qadriyatlarining timsolidir.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati