Ayollar huquqlari haqida
"Ammofos-Maxam" AJ da "O‘zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisi maslahatchisi S. Abduraxmanova, Toshkent viloyati ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari D.Maxamadaliyeva, shu markazning ijtimoiy xodimi O‘.Maxkamovalarning bevosita tashabbusi bilan korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarga nisbatan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida amalga oshirilgan treninglar ishtirokchilarda katta qiziqish hissini uyg‘otdi. Suhbat qatnashchilari tashkil etilgan uchrashuv uchun mehmonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.