O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori ijrosi doirasida “Ammofos-Maxam” AJda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda
EFK-2 sexida eskirgan aspiratsiya tizimi modernizatsiya qilinib, zamonaviy FRIR-250 rusumli yengli filtr o‘rnatildi va yuqori samaradorlikka erishildi. Shuningdek, ushbu sexda tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalarni aniqlovchi avtomatik monitoring stansiyasi o‘rnatilib, ma’lumotlarni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tarkibidagi Situatsion markazga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Kelgusida EFK-3, Ammofos-2, Ammofos-3 va Bug‘-qozon sexlarida yuqori samaradorlikka ega filtrlar va avtomatik monitoring tizimlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati