“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joriy yilning 12–13-oktabr kunlari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkaziladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborini yuksaltirish, shuningdek, ularning fikrlash doirasi va umumiy savodxonlik darajasini baholashdan iborat.
Barcha ishchi-xodimlarni “Umummilliy diktant” loyihasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!